O‘ta og‘ir vazndagi o‘zbek bokschisi raqibni medalsiz qoldirdi, o‘zi oltinga da’vogar
O‘zbekistonlik bokser Jahongir Zokirov Ayti va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari-2026 chorak finalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Superog‘ir vazn toifasida (90 kilogrammdan yuqori) bo‘lib o‘tgan chorak final jangida Zokirov Tojikiston vakili Muhammad Abroriddinovga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘yin to‘liq o‘tdi va hakamlar yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba o‘zbekistonlik boks ustasiga berildi.
Bu natija orqali Jahongir Zokirov yarim finalga yo‘l oldi va kamida bronza medalni o‘zinik qilib bo‘ldi. Muhammad Abroriddinov esa Osiyo o‘yinlarida medalsiz qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Zokirov 2025 yilda o‘tkazilgan jahon chempionatining (World Boxing) kumush medali sohibi, 2021 yil yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi, shuningdek, 2022 yilda U-22 yosh toifasida Osiyo chempioni hisoblanadi.

Fikrlar