O'zbek bokschisi qozog'istonlik raqibini safdan chiqargani ma'lum bo'ldi

  • 10.10.2026 18:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Parij-2024" Olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘lgan qozog‘istonlik bokschi Nurbek Oralbay Yaponiyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida jarohat olganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda jurnalist Aslan Kajenov.

Jurnalistning aytishicha, sportchi u bilan bog‘lanib, jarohati sabab Qozog‘iston chempionatida ringga chiqolmasligini aytgan.

- Nurbek o‘zi bog‘landi. Aytishicha, jarohat tufayli Qozog‘iston chempionatida ishtirok eta olmaydi. To‘rabek Xabibullaevga qarshi jangda elkasiga jiddiy shikast yetgan. Kerak bo‘lsa, tibbiy xulosa va tekshiruv tasvirlarini ham taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan birga, u 90 kilogrammgacha vazn toifasida raqobatdan qochmayotganini, aksincha, hali ham eng kuchli ekanini isbotlash niyatida ekanini ta’kidladi.

Hozircha vaziyat shunday, — deya yozdi Aslan Kajenov.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi Osiyo o‘yinlarida 90 kilogrammgacha vazn toifasida jang qilgan Nurbek Oralbay musobaqani chorak final bosqichida to‘xtatgan va medalsiz qolgan edi. U musobaqani 1/8 finaldan boshlab, Afg‘oniston vakili Silab Nurini 5:0 hisobida mag‘lub etgan. Ammo yarim finalga chiqish uchun bo‘lgan navbatdagi jangda Nurbek hakamlarnig bo‘lingan qarori (2:3)ga ko‘ra o‘zbekistonlik boks ustasi To‘rabek Xabibullaevga yutqazib qo‘ygan. 

To‘rabek keyinchalik qolgan ikki jangda ham raqiblarini mag‘lub etib, ushbu vazn toifasida Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!