O'zbek futbolchisi Madridda "Real"ga gol urgan sensatsion uchrashuvni eslashdi

  • 28.09.2026 07:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan roppa-rosa besh yil muqaddam - 2021 yilning 28 sentabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi tarixida kutilmagan sensatsiya ro‘y bergan edi. 

Jahon futboli yetakchilaridan hisoblangan "Real" futbolchilari "Santyago Bernabeu" stadionida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida musobaqada debut qilayotgan va mutlaq autsayder hisoblangan Tiraspolning "Sherif" jamoasidan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bundan oldin, birinchi turda, raqibga qarshi o‘yinni o‘tkir hujumlar va qarshi zarbalar asosida qurgan "Sherif" Donetskning "Shaxtyor" jamoasini yengib, birinchi shov-shuvni ko‘targan edi. 

Shunga qaramay, deyarli hech kim Madridda ham sensatsiya takrorlanishini, moldovaliklar yana bir g‘alaba qayd etishini jiddiy kutmagan edi.

Ammo voqealar aynan shunday yo‘nalish oldi. Kechaning eng yorqin lahzalaridan biri uchrashuvning 25-daqiqasida "Sherif"ning o‘zbekistonlik legioneri Jasurbek Yaxshiboevning Tibo Kurtua darvozasini bosh zarbasi bilan ishg‘ol qilgani bo‘ldi. 

Keyinchalik madriddliklar Karim Benzemaning goli evaziga hisobni tenglashtirgan bo‘lsa-da, Lyuksemburg terma jamoasi a’zosi Sebastyan Till tomonidan so‘nggi daqiqalarda urilgan g‘alaba to‘pi tiraspolliklarga tarixiy zafarni ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Sherif"ga munosabat butunlay o‘zgardi: endilikda raqiblar bu jamoani jiddiy qabul qila boshladi, ularni qo‘yib yuborish, kamsitish va yetarlicha baholamaslikka asoslangan taktika esa o‘z samarasini yo‘qotdi.

Uchrashuv qahramonlaridan biri Jasurbek Yaxshiboev, ming afsuski, faoliyatini kutilgandek rivojlantira olmadi. Moldovadan keyin ma’lum muddat O‘zbekiston, Qozog‘iston va Eron jamoalarida o‘ynagan iqtidorli futbolchi hozir Toshkentning "Lokomotiv" klubi a’zosi hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!