O'zbek futbolchisi o'ynagan uchrashuvda jamoasi sensatsion rekord qayd etdi

  • 11.09.2026 07:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Sabah» Chempionlar ligasi saralash bosqichida to‘rtta raundni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, musobaqaning asosiy qismiga yo‘l oldi. Guruh bosqichidagi ilk uchrashuvni Ozarbayjon klubi safarda, Angliyaning mashhur «Old Trafford» stadionida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkazmoqda. Birinchi bo‘lim yakunlandi va tabloda mezbonlar foydasiga 3:0 hisobi yozib turibdi.

Hisob 27-daqiqada ochildi. Patrik Dorgu chap qanotdan aniq pas yo‘lladi, Mateus Kunya esa darvozabon maydonchasi chizig‘i yaqinidan zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi.

43-daqiqada «Manchester Yunayted» ustunlikni oshirdi. Yuri Tilemansning uzatmasidan so‘ng Brunu Fernandes yarim metrlik masofadan bir zarbadayoq aniq yo‘l topib, mezbonlar hisobini ikkita ga yetkazdi.

Tanaffus oldidan, 45-daqiqada esa «qizil iblislar» uchinchi golni urdi. «Sabah» himoyasidagi yo‘l qo‘yilgan xatodan foydalangan Benyamin Sheshko darvozabon bilan yakkama-yak chiqib, uni aldab o‘tdi va bo‘sh darvozani aniq nishonga oldi.

«Manchester Yunayted» – «Sabah» uchrashuvining ikkinchi bo‘limi matniyn onlayn sharhida yoritib boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!