O'zbek futbolchisi UEFA Chempionlar Ligasi tarixini yangilashga yordam berdi
Tarixda bunaqasi bo‘lmagan
Ozarbayjonning amaldagi chempioni «Sabah» klubi UEFA Chempionlar ligasida tarixiy natija qayd etdi.
OptaJoe statistik portali ma’lumotiga ko‘ra, «Sabah» qit’aning eng nufuzli musobaqasi tarixida uch o‘yin ketma-ket boshlang‘ich tarkibda 11 ta mamlakat vakillarini tushirgan ilk klubga aylandi. Ushbu rekordda 22 yoshli o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev ham ishtirok etdi — u barcha uch uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Tarixiy ko‘rsatkich 20 oktyabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan, umumiy bosqichning uchinchi turidagi «Borussiya Dortmund»ga qarshi o‘yindan so‘ng rasmiy qayd etildi. Uyda o‘tgan bellashuvda ozarbayjonliklar klubi kuchli raqibdag 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Hisob o‘yinning o‘ninchi daqiqasida ochildi — Seru Girassi darvozabon Pokatilov qaytargan to‘pni darvozaga yo‘llab, mehmonlarini oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Eyden Makkarti hisobni tenglashtirdi, ammo 53-daqiqada Girassi dubl rasmiylashtirib, nemis jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Umarali Rahmonaliev 81-daqiqagacha faol o‘ynadi va dortmundliklar darvozasi oldida ikkita xavfli hujum yaratgani bilan e’tibor qozondi.
«Borussiya»ga qarshi o‘yinda «Sabah»ning boshlang‘ich tarkibidan Qozog‘istonlik darvozabon Pokatilovdan tashqari Akim Zedadka (Jazoir/Fransiya), Stiv Solve (Gvadelupa), Eyden Makkarti (Janubiy Afrika Respublikasi), Timoteush Puhach (Polsha), Umarali Rahmonaliev (O‘zbekiston), Ivan Lepinitsa (Xorvatiya), Du Keyros (Braziliya), Kahim Perris (Yamayka), Vel’ko Shimich (Serbiya) va Joy-Lens Mikkels (Ruanda/Germaniya) maydonga tushdi.
«Sabah» asosiy bosqichdagi ishtirokini Angliyada boshlab, «Manchester Yunayted» jamoasiga qarshi shiyinda yirik mag‘lubiyatga (0:4) uchradi. Keyingi turda esa Boku klubi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Praganing «Slaviya» klubidan 2:0 hisobida ustun keldi.
Uchinchi turdan so‘ng «Sabah»ning hisobida uch ochko mavjud. Umarali Rahmonaliev jamoasining Chempionlar ligasi doirasidagi navbatdagi o‘yini 4 noyabr kuni Norvegiyada mahalliy «Viking» futbolchilariga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar (0)