O'zbek futbolchisiga Yevropa klubida katta talab qo'yildi

  • 08.10.2026 05:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya U-19 yoshlar terma jamoasi Mirobror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan turnirning so‘nggi uchrashuvida O‘zbekiston U-20 jamoasini mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Uchrashuv 2:1 hisobida rossiyalik yoshlar foydasiga yakunlandi. Barcha uchta gol ikkinchi bo‘limda urildi.

57-daqiqada Ivan Vozrastov Rossiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ortidan, 64-daqiqada Imran Firov Stanislav Korotaev shogirdlarining ustunligini ikki barobarga oshirdi. 67-daqiqada Vadim Shilov maydondan chetlatilib, rossiyaliklar bir nafar futbolchi kam bo‘lib qolishdi. O‘zbekiston terma jamoasi hisobni qisqartirishga faqat qo‘shimcha daqiqalarda erishdi — 90+3-daqiqada Davron Tulaganov gol urdi.

Shu tariqa, Rossiya musobaqani birinchi o‘rinda yakunlab, sovrinni qo‘lga kiritdi. Uch o‘yinda jamoa jami yetti ochko to‘pladi. O‘zbekiston esa besh ochko bilan musobaqani yakunladi. Turnirda, shuningdek, Armaniston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari ham ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!