O'zbek futbolchisining keyingi manzili "Chelsi" yoki Frantsiya bo'ladi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 18 yoshli himoyachi Behruz Karimov 2026 yildagi jahon chempionatidagi o‘yinlari orqali xorijlik mutaxassislar va skautlar e’tiborini tortdi.
Ijtimoiy tarmoq X’dagi BlueCo Xtra sahifasi Angliyaning "Chelsi" va Fransiyaning "Strasburg" klublariga egalik qiluvchi BlueCo tuzilmasi mutasaddilarini o‘zbek futbolchisiga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi.
- BlueCo korporatsiyasi "Strasburg" yoki "Chelsi" uchun Behruz Karimovni (18 yosh, o‘ng qanot himoyachisi, universal himoyachi) o‘z safiga qo‘shib olishi kerak.
Behruz — O‘zbekistondan chiqqan katta iste’dod. Himoyadagi kurashlarda juda faol va qanotda elita darajasidagi raqiblarni to‘xtatish vazifasini bajaradi, — deya ta’kidlanadi nashr bayonotida.
Turnir statistikasiга ko‘ra, Karimov jahon chempionatidagi ikkita uchrashuvi davomida 15 marta to‘pni raqibdan qaytarib olgan, 34 marotaba yerdaги yakkakurashlarda ishtirok etgan. Shuningdek, u ikki o‘yinda ham dribling bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi — uning hisobida 6 ta muvaffaqiyatli aldash harakati qayd etilgan.
Bundan tashqari, Behruz Karimov raqiblar tarkibidagi jahon yulduzlari Luis Dias va Nunu Mendesga qarshi o‘yini bilan ham muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi. Ayniqsa, Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi raqib darvozasi to‘sinigа tegib qaytgan vaziyat butun stadionni larzaga keltirdi.
Yosh himoyachi jahon chempionatida terma jamoa safida deyarli maydonni tark etmasdan o‘ynadi. Kolumbiyaga qarshi bahsda (1:3) u 90 daqiqaning barchasini maydonda o‘tkazdi, Portugaliyaga qarshi uchrashuvda (0:5) esa faqat 89-daqiqada zahiraga olindi.
Behruz Karimov Toshkentdagi Respublika Olimpiya zahiralari kollejі tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida tajriba oshirgan. Iqtidorli himoyachi 2025 yilning boshidan beridan professional darajada "Surxon" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar