O'zbek jangchisi raqibining jag'ini sindirib, keyin nokaut qildi
Qozog‘istonlik jangchi Odiljon Sandibekovning murabbiyi Miramgali Akmoldinov jurnalistlarga bergan intervyusida o‘z shogirdining Almatida bo‘lib o‘tgan IBA Nomad 15 aralash jang san’ati turnirida o‘zbekistonlik raqib Abdumalik Erbutaevga qarshi jang rejasi haqida gapirib o‘tdi.
— Eng avvalo, bizning rejamiz jangning birinchi daqiqasini xavfsiz o‘tkazib olish edi. Raqibimiz uslubini yaxshi bilganimiz uchun shu ssenariyga tayyorgarlik ko‘rganmiz.
Xo‘sh, shunga yarasha xuddi raqibga o‘xshash gabaritdagi sparring sherikni jalb qildik va mashg‘ulotlarda hammasini uddalab kelyotgandik, — deya ta’kidladi murabbiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jangda "Ados"ning asosiy xatosi — birinchi soniyalardaёq juda qotib qolgani, shundan foydalangan "Abi" esa ilk hujum uchun o‘zini erkin tayyorlab olgani bo‘lgan.
— Birinchi zarbalar seriyasidanoq Odiljonning jag‘ida sinish yuz berdi. Keyingi o‘tkazib yuborilgan zarbalar esa vaziyatni yanada og‘irlashtirdi, — dedi Akmoldinov.
Jang yarim o‘rta vazn toifasida, uch raundga mo‘ljallangan holda tashkil etilgan edi. Biroq to‘qnashuv birinchi raunddaёq Erbutaevning nokaut orqali qo‘zongan g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar