O'zbek murabbiylari Qozog'iston chempionati uchun bokschilar tayyorlayapti
Qozog‘istonlik bokschilar O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida mamlakat chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida Sports.kz nashri O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Akmal Xasanovga tayanib xabar berdi.
«Qozog‘istonlik birodarlarimiz hozir O‘zbekistonda.
Shu kunlarda yurtimizga bir necha qozog‘istonlik bokschi tashrif buyurib, bu yerda o‘z milliy chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda. Sababi oddiy: O‘zbekistonda kuchli raqib-sparringdoshlar, tajribali murabbiylar, o‘z ishining haqiqiy ustalari yetarli», — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga shunday mutaxassislardan biri — O‘zbekiston terma jamoasining katta murabbiyi Akmal Xasanov boshchilik qilmoqda. Xasanovning katta tajribasi, aniq ko‘rsatmalari va talabchanligi mashg‘ulotlar jarayonida yaqqol sezilmoqda, deya qayd etilgan instagramdagi xabarda.
Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 5–18 oktyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda va 14 kungа mo‘ljallangan. Mashg‘ulot lagerining dastlabki qismi Toshkentdagi Respublika olimpiya zahiralari kollejі bazasida tashkil etildi. Intensiv tayyorgarlik va sparringlarning yakuniy bosqichi uchun bokschilar Yangioboddagi baland tog‘li bazaga ko‘chirildi.
Qozog‘iston boks bo‘yicha 2026 yildagi chempionati 29 oktyabrdan 6 noyabrgacha Taraz shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar