Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

O'zbek polvoni isroillik dzyudochini yengib, medal oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Katta turnirda katta gʻalaba

Abu-Dabida (BAA) bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Grand Slam turnirida o‘zbekistonlik polvon Kamoliddin Baxtiyorov bronza medali uchun bellashuvda isroillik Itxak Ashpiz ustidan g‘alaba qozondi.

Dzyudochilar 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida to‘qnash keldi. Qo‘shimcha vaqt – golden-skorda zafar quchgan Baxtiyorov nufuzli musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.

Turnir davomida Kamoliddin Baxtiyorov avstraliyalik Pedro Karlos Antun Neto, shuningdek, Ukraina vakillari Dilshot Xalmatov hamda Artyom Lesyuk ustidan g‘alaba qozondi. Yarim finalda esa u Ozarbayjon dzyudochisi Balabey Agaevga imkoniyatni boy berdi.

Itxak Ashpiz esa 1/8 finalda italyalik Andrea Karlinoni mag‘lub etdi, ammo chorak finalda Tojikiston vakili Loiq Kudbudinovga yutqazdi. Tasalli bellashuvlarida isroillik sportchi britan dzyudochisi Charli Eyrni yengib, bronza uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsumda Ashpiz Tbilisi va Budapeshtda o‘tkazilgan Grand Slam bosqichlarida g‘olib chiqqan, shuningdek, Yevropa chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Kamoliddin Baxtiyorov esa bundan avval 2023 yilda Parijda, 2025 yilda esa Toshkentda o‘tgan Grand Slam turnirlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q