O'zbekiston AQSh ochiq chempionatida rekord o'rnatadi

  • 22.08.2026 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi AQSh ochiq chempionatida O‘zbekiston sharafini bir vaqtning o‘zida uch nafar tennischi himoya qiladi, deya xabar bermoqda mamlakat tennis federatsiyasi.

Turnirning asosiy to‘rigа Kamilla Raximova va Mariya Timofeeva to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan. Raximova WTA reytingida 78-o‘rinni, Timofeeva esa 84-pog‘onani egalab turibdi. Yana bir o‘zbekistоnlik tennischi Polina Kudermetova (WTA reytingida 111-o‘rin) saralash bosqichida ishtirok etadi. Agar u muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatsa, asosiy to‘rgа ham yo‘l olishi mumkin. 

Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar o‘rtasidagi yakka razryadda «Katta dubulğa» turnirlari tarixida o‘zining eng ko‘p ishtirokchisiga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

So‘nggi yillarda N’yu-York kortlarida mamlakat nomidan asosan yagona tennischilar sifatida Denis Istomin va Oqgul Omonmurodov maydonga tushib kelayotgan edi.

"US Open-2026" musobaqasi 23 avgustdan 13 sentyabrgacha N’yu-York shahrida o‘tkaziladi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi rekord darajadagi 108 million dollarlаrni tashkil etadi. Yakka razryad asosiy to‘rining ilk bosqichiga yo‘l olgan har bir tennischi 140 ming dollardan mukofot puli oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!