O‘zbekiston Markaziy banki terma jamoaning mundialdagi ishtirokiga bag‘ishlangan tanga chiqardi

  • 16.06.2026 19:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘l olgan milliy futbol jamoasi sharafiga kollektsion tanga chiqarishini ma’lum qildi. 

Markaziy bank telegram-kanalidagi xabarda yangi tanga “Birinchi mundial. Birinchi tarixiy tanga” shiori ostida taqdim etilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, tanganing bir tomonida jamoa tarkibidagi 26 nafar futbolchining siluetlari tasvirlangan bo‘lib, ular bir butun “Oq bo‘ri” shaklida jamlangan. Matbuot xizmatiga ko‘ra, bu kompozitsiya tarixiy natija alohida mahorat emas, balki jamoaviy ruh va birdamlik samara­si ekanini ifodalaydi.

Kollektsion tangalar cheklangan miqdorda chiqariladi: 100 dona oltin va 1 000 dona kumush tanga. Ularning savdosi 18 iyundan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 5 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasida safarda BAA terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobidagi durangga erishgan edi. Mazkur natija O‘zbekiston terma jamoasiga tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olish imkonini berdi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!