O'zbekiston o'yinida ikkita tarixiy rekord o'rnatildi
AQShning «Los-Anjeles» klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi forvardi Son Hyun Min milliy jamoa tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi, deb xabar bermoqda futbol manbalari.
Yangi rekord O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qayd etildi. Janubiy Koreya ushbu bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hisobni esa Son Hyun Min uchrashuv boshlanganiga bor-yo‘gi olti daqiqa o‘tib, jarima zarbasidan so‘ng ochdi.
Bu 34 yoshli mashhur hujumchining terma jamoa safidagi 59-goli bo‘ldi.
Shu tariqa, u milliy jamoa afsonasi hisoblangan Chxa Bom Gin natijasini yangiladi. Chxa Bom Gin Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibida 58 ta gol urgan edi.
Son Hyun Min shu bilan birga terma jamoa tarkibida maydonga tushgan o‘yinlar soni bo‘yicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi — u Janubiy Koreya sharafini 152 marta himoya qilgan.
Son Hyun Min 2025 yil avgust oyida AQShning MLS ligasiga yo‘l olib, «Los-Anjeles» bilan liga tarixidagi eng yirik shartnomalardan biriga qo‘l qo‘ygan edi. Uning katta shuhrati esa Angliyaning Premyer-ligasida orttirilgan. 2015–2025 yillar oralig‘ida u Londonning «Tottenxem» klubi sharafini himoya qildi.
«Shporlar» safida Son Hyun Min Premyer-liga tarixida «Oltin butsa» mukofotini qo‘lga kiritgan ilk osiyolik futbolchiga aylandi. U 2021/2022 yildgi mavsumda liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Umuman olganda, «Tottenxem» tarkibida 173 ta gol muallifi sifatida qayd etilgan.

Fikrlar