O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida yettinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi
Yashavor polvon!
Yaponiyaning Aychi va Nagoya shaharlarida o'tayotgan 2026 yildgi yozgi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi namoyandalaridan biri, engil atletikachi Suhrob Xo'jaev bosqon uloqtirish bo'yicha musobaqada oltin medalni qo'lga kiritdi.
Final bosqichida Xo'jaev 74,38 metr natija qayd etib, raqiblarini keskin ortda qoldirdi va birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. U eng yaqin ta'qibchisidan 2,60 metrgacha uzoqroq natija ko'rsatib, Osiyo chempioni unvonini uchinchi urinishda egalashga muvaffaq bo'ldi.
Kumush medalga yapon sportchisi Syota Fukuda sazovor bo'ldi — u snaryadni 71,78 metrgacha uloqtirdi. Bronza medali esa Saudiya Arabistoni vakili Muhammad Aldubaysiga nasib etdi, uning natijasi 71,53 metrni tashkil etdi. Yana bir yapon sportchisi Tatsuto Nakagawa 71,48 metr bilan p'yesdestaldan bir qadam orqada qoldi.
Qatar sportchisi Ashraf As-Seyfi esa 71,41 metr natija qayd etib, mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkichni o'rnatdi va beshinchi o'rinni egalladi. Finalda faqatgina Xo'jaev 74 metrlik chegarani zabt etgan yagona sportchi bo'ldi.
Suhrob Xo'jaev qo'lga kiritgan bu oltin medal O'zbekiston terma jamoasi uchun Osiyo o'yinlaridagi yettinchi oltin bo'ldi. Hozircha milliy jamoa hisobida jami 31 ta medal bor: yetti oltin, 15 kumush va to'qqizta bronza.

Izohlar (0)