O‘zbekiston — Portugaliya o‘yinining aniq hisobi aytildi

  • 23.06.2026 00:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ukrainalik jurnalist va futbol sharhlovchisi Viktor Vatsko 2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichidagi Oʻzbekiston terma jamoasi hamda Portugaliya uchrashuvi haqida oʻz taxminlari bilan oʻrtoqlashdi, deb xabar berdi Sport.ua manbasi.

- Portugaliya uchun Oʻzbekistonga qarshi oʻyin, avvalo, musobaqani omad siz boshlagani uchun oʻz muxlislari oldida oʻziga xos reabilitatsiya qilish imkoniyati. Shu bilan birga, jamoa Kolumbiyaga qarshi hal qiluvchi bahs boʻlishi kutilgan soʻnggi tur arafasida yaxshi kayfiyatda boʻlib borishni istaydi. 

Kutilganidek, Yevropa jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines asosiy tarkibdan Krishtianu Ronalduni maydonga tushiradi, chunki bu mutaxassis qoʻl ostida Ronaldu deyarli har doim oʻyinni ilk daqiqadan boshlaydi. 

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi bilan uchrashuvdagi omad sizlik ham bu qarorni oʻzgartirishi qiyin. "An-Nasr“ hujumchisi uchun ham bu oʻyinda oʻzini koʻrsatishi, nimanidir isbotlashi imkoniyati bor. 

Shuni ham aytish kerakki, jahon chempionatlarining hal qiluvchi bosqichlarida Ronaldu kutilgandek ishonchli oʻyin namoyish etmagan: 23 oʻyinda 8 gol — Krishtianu uchun unchalik yuqori koʻrsatkich emas, — deya taʼkidlaydi Viktor Vatsko.

Uning fikricha, Oʻzbekiston yana maydonga autsayder sifatida tushadi, Portugaliya esa toʻp nazoratini qoʻlga oladi. Shu bilan birga, yevropaliklarning himoyasi hali ham mutlaqo ishonchli koʻrinmayapti, shu bois Osiyo vakili gol urish imkoniyatlariga ega boʻladi. 

Biroq kongoliklarga qarshi oʻyinda maydonga tushmagan Ruben Diashning safga qaytishi himoya markazidagi  vaziyatni jiddiy ravishda yaxshilashi mumkin. 

Jurnalistning taʼkidlashicha, aynan shu omil, shuningdek, oʻzbekistonlik futbolchilarning tajribasi yetarli emasligi va kuchli raqibga qarshi oʻyin oldidan ehtimoliy hayajoni ularning zarariga ishlashi mumkin.

- Portugaliyada bu oʻyinni ishonchli tarzda yutqazmasdan oʻtkazish va startdagi omad sizlikni unutib yuborish uchun barcha imkoniyatlar bor. Oxir-oqibat, 2022 yildgi jahon chempionatida kelgusi gʻolib — Argentina terma jamoasi musobaqani Saudiya Arabistonidan kutilmagan magʻlubiyat (1:2) bilan boshlagan, keyin nima boʻlganini esa hamma yaxshi eslaydi.

Shuning uchun bu safar ham qandaydir sensatsiya izlash yoki gʻalati taxminlar qilish shart emas, deb oʻylayman. Portugaliya gʻalaba qozonadi va katta hisob qayd etilishi ehtimoli juda yuqori. Mening prognozim — yevropaliklar foydasiga 3:0, — deb yozadi jurnalist.

Eslatib oʻtamiz, Portugaliya — Oʻzbekiston uchrashuvi 23 iyun kuni boʻlib oʻtadi. oʻyin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!