O‘zbekiston Prezidenti chempionlarga avtomobil, kottej va 200 ming dollar sovg‘a qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026 yildgi Jahon shaxmat olimpiadasida g‘alaba qozongan erkaklar milliy terma jamoasi a’zolarini tantanali ravishda mukofotladi.
O‘zbekiston yoshlar yagona elektron platformasining instagram sahifasida mukofotlash marosimi aks etgan video joylashtirilgan. Kadrlarda davlat rahbari milliy terma jamoa shaxmatchilari, ularning murabbiylari hamda mamlakat Shaxmat federatsiyasi raisi Abdulla Aripovga orden va medallar topshirayotganini ko‘rinib turadi. Shuningdek, jamoaviy musobaqa g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar berilgani qayd etilgan.
«Prezident sovg‘asi sifatida ularga Volkswagen avtomobili, kottej va 200 ming AQSh dollari topshirilmoqda», — deya ta’kidlanadi instagramdagi xabarda.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasining bosh g‘olibi bo‘lib, oltin medallar va ikki karra olimpiya chempionlari unvonini qo‘lga kiritdi. Musobaqa davomida jamoa 20 jamoaviy ochko to‘pladi (10 g‘alaba va faqat bitta mag‘lubiyat), shu tariqa Hindiston va Germaniya terma jamoalarini ortda qoldirdi. Yakuniy turda Ukraina ustidan 2,5:1,5 hisobida qozonilgan g‘alaba mezbonlarga chempionlikni ta’minladi.
Turnir qahramonlari sifatida birinchi doskada shaxsiy oltin medalni qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov, uchinchi doskada kumush medal sohibiga aylangan Nodirbek Yakubboev, ikkinchi doskada bronza medalini qo‘lga kiritgan Javohir Sindarov, shuningdek, jamoa tarkibida muhim o‘rin tutgan Muxiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov tilga olinmoqda. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa olimpiadani 15 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar