O‘zbekiston rasmаn Osiyo shаxmаti tаriхigа kirdi
Sentyabr oyi uchun yangilangan Osiyo shaxmat federatsiyasi reytingida erkaklar oʻrtasida bir vaqtning oʻzida ikki nafar Oʻzbekiston vakili yetakchi oʻrinlarni egalladi. Bu haqida Osiyo shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qitʼa reytingida birinchi pogʻonaga 20 yoshli grossmeyster Javohir Sindarov koʻtarildi. Uning klassik shaxmat boʻyicha koʻrsatkich 2778 reyting nuqtasini tashkil etmoqda.
Ikkinchi oʻrinni esa yana bir oʻzbekistonlik shaxmatchi — 21 yoshli Nodirbek Abdusattorov 2762 ball bilan egalladi.
Shu tariqa, Sindarov va Abdusattorov Oʻzbekiston shaxmat tarixida ilk bor bir vaqtning oʻzida Osiyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingida birinchi va ikkinchi pogʻonalarni egalladi. Ular Hindiston vakillari Rameshbabu Pragnanandha va Arjun Erigaysi, shuningdek, Xitoy shaxmatchisi Vey Idan oldinga chiqishga muvaffaq boʻldi.
Javohir Sindarov rapid yoʻnalishida 2732, blitsda esa 2725 reytingga ega. N
odirbek Abdusattorovning blits boʻyicha koʻrsatkich 2818 ballni tashkil qiladi.
Avvalroq 2026 yildgi FIDE daʼvogarlari turnirida Kiprda gʻolib chiqqan 20 yoshli Sindarov rasmiy jahon chempioni unvoni uchun kurashish huquqini qoʻlga kiritgan edi. Amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan jahon shaxmat taxti uchun hal qiluvchi bahs Jeneva shahrida (Shveytsariya) 24 noyabrdan 12 dekabrgacha boʻlib oʻtadi.

Fikrlar