Shveytsariyaning «Lugano» jamoasi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov o‘zining ilk evrokubok o‘yini uchun qayd etilgan bahosini oldi.
Uning jamoasi UEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichining birinchi turida o‘z maydonida Serbiyaning mashhur «Crvena Zvezda» klubini qabul qildi.
Behruz Karimov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 73-daqiqada zahiraga olindi.
Statistik ko‘rsatkichlarni baholovchi Flashscore portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yini 7,0 ballga baholadi. Jamoadoshlari Derek Monkada va Albian Ayeti esa 7,8 balldan, Anto Grgich 7,5 ball oldi.
«Lugano» safida eng past baholar Daniel Dos Santos (6,2) va darvozabon David fon Ball’moos (6,4) hisobiga yozildi.
Bellashuv dramatik tarzda yakunlandi — «Lugano» irodaviy g‘alabaga erishib, 3:2 hisobida zafar quchdi. 90-daqiqada Anto Grgich penaltiidan aniq zarba berib, shveytsariyaliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
22 oktyabr kuni «Lugano» navbatdagi tur doirasida UEFA Konferensiyalar ligasida safarda Ispaniyaning «Xetafe» klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Fikrlar