O‘zbekiston terma jamoasi o‘yini katta rekord o‘rnatdi
2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichidagi Portugaliya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Qozog‘istonning "Qazsport" telekanalida ko‘rsatilgan va turnir davomida eng ko‘p tomosha qilingan o‘yinga aylandi.
"K Research Central Asia" tadqiqotiga ko‘ra, ushbu bellashuvni jami qariyb ikki million tomoshabin va sayt foydalanuvchilari kuzatgan. Translyatsiya reytingi 4,76 foizni, auditoriya ulushi esa 45,1 foizni tashkil etgan.
Jahon chempionatining eng ommabop beshta uchrashuvi qatoriga, shuningdek, Portugaliya — Kongo Deomkratik Respublikasi (1 680 161 tomoshabin), Argentina — Avstriya (1 300 582), Ispaniya — Kabo-Verde (1 200 275) va Germaniya — Kyurasao (1 100 042) o‘yinlari ham kirdi.
«Qazsport» telekanalida JCh-2026ning eng yuqori reyting qayd etgan 5 ta uchrashuvi quyidagicha:
1. Portugaliya — O‘zbekiston — reyting 4,76%, auditoriya ulushi 45,1%;
2. Portugaliya — Kongo DR — reyting 3,61%, auditoriya ulushi 37,8%;
3. Argentina — Avstriya — reyting 3,42%, auditoriya ulushi 33,5%;
4. Ispaniya — Kabo-Verde — reyting 2,88%, auditoriya ulushi 24,1%;
5. Germaniya — Kyurasao — reyting 2,86%, auditoriya ulushi 32,5%.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvi 5:0 hisobida portugalialiklar foydasiga yakunlangan edi. Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda dubly muallifi bo‘ldi.

Fikrlar