O‘zbekiston terma jamoasining haqiqiy kuchiga baho berishdi

  • 08.10.2026 06:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokidan keyin uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. O‘z muxlislari ko‘z o‘ngidagi Eronni 3:1 va Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etganidan keyin Fabio Kannavaro shogirdlari Janubiy Koreya maydonida 0:2 hisobida yutqazdi. 

Taniqlik jurnalist Nikolay Egorichev aynan Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi milliy terma jamoaning hozirgi real salohiyatini yaqqol namoyish etdi, degan fikrni ilgari surdi. 

- Izohlarda ko‘pchilik Osiyo kubogida O‘zbekiston kamida yarim finalgacha yetib borishi shart, degan fikrni yozgan. Garchi tarixda bu bosqichga faqat bir marta chiqilgan bo‘lsa-da, shunday kutilmalar bor.

Aslida esa Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini — yaqinlashib kelayotgan qit’a chempionati oldidan imkoniyatlarimizni baholash uchun eng to‘g‘ri mezon. Koreya terma jamoasi XXI asrda yetti marta ishtirok etgan Osiyo kubogining beshtasida yarim finalgacha yetib kelgan, yana ikki marta chorak finalda to‘xtagan.

Men Fabio Kannavaroni tanqid qilish tarafdori emasman, lekin unga ko‘r-ko‘rona ishonadiganlar safida ham emasman. Imkoniyat doirasidan tashqariga chiqib bo‘lmaydi. Shuning uchun Osiyo kubogida yarim finalga chiqishni oldindan kafolatlangan maqsad sifatida ko‘rmasdan, ko‘proq jamoaning o‘yin sifatiga e’tibor qaratish kerak, deb o‘ylayman. 

Ahir o‘tgan Osiyo kubogida ham Srechko Katanets qo‘l ostidagi O‘zbekiston termasi juda yaxshi taassurot qoldirgandi, ammo Qatarga qarshi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib musobaqani tark etgan, — deb yozadi jurnalist o‘z telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning «Yongin Mireu» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlarga qarshi faol o‘ynagan bo‘lsa-da, baribir 0:2 hisobida yengildi. Bu bellashuv Fabio Kannavaro shogirdlari uchun FIFAning kuzgi oynasi doirasidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!