O‘zbekiston yana ikkita medal olib, Osiyo o‘yinlari reytingida ko‘tarildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi Aichi va Nagoyada (Yaponiya) o‘tayotgan 2026 yildgi Yozgi Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kunida birdan ikkita — oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

Musobaqadagi ilk oltinni mamlakatimiz termasiga karatэchi Abdulvahob Rashidov taqdim etdi. U kumitэ bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda 67 kilogrammgacha vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

Hal qiluvchi final jangda Rashidov Yaponiya vakili Yugo Kozakini 7:5 hisobida mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Miks yakkakurashlar bo‘yicha bronza medalini esa Nodirbek Shavkatov qo‘lga kiritdi. U "modern" yo‘nalishida 71 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etdi. Yarim finalda o‘zbekistonlik sportchi Qozog‘iston vakili Qodirbek Shinbaevga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani uchinchi o‘rin bilan yakunladi.

O‘zbekiston termasi o‘zining ilk medaliga Osiyo o‘yinlarining ochilish kuniyoq ega bo‘lgan edi. Humoyunmirzo Halimov karatэ bo‘yicha 55 kilogrammgacha vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa, hozircha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida uchta — bitta oltin, kumush va bronza medal mavjud. 

Birinchi kun yakuniga ko‘ra 16-o‘rinda turgan jamoa endilikda Myanma bilan birgalikda umumjamoaviy medallar jadvalidа 9-pog‘onaga ko‘tarildi. Pirmirlikni 38 ta medal jamg‘argan Xitoy saqlab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!