O‘zbekistonlik bokschi qiz jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekistonlik bokschi Sevara Mamatova Chernogoriyaning Budva shahrida start olgan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘z ishtiroqini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi ilk jangda Mamatova Yangi Zelandiya vakili Bruk Millerga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuv yakunida hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik sportchi g‘alabasini qayd etdi — hisob 5:0. Shu tariqa, Sevara Mamatova jahon chempionatida muvaffaqiyatli start oldi va musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.
U-19 yo‘nalishidagi jahon chempionati 16–27 oktyabr kunlari Budva shahrida o‘tkazilmoqda. Musobaqa xalqaro World Boxing federatsiyasi homiyligi ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda jami 20 ta vazn toifasida — o‘nta erkaklar va o‘nta ayollar yo‘nalishida medallar sohibi aniqlandi.

Fikrlar