O'zbekistonlik tennischi AQSh to'sig'idan o'tolmadi
O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan tennischi Kamilla Rahimova (WTAPekin (Xitoy) shahridagi WTA 1000 turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Turnirning uchinchi bosqichida Rahimova AQSh vakili, reytingda 13-o‘rinni egallab turgan, o‘nchi raqam ostida saralangan Iva Yovich bilan kortga tushdi. Bellashuv ikki setda yakunlandi va AQSh tennischisining g‘alabasi bilan tugadi — 6:1, 7:5.
Uchrashuv 1 soatu 55 daqiqa davom etdi. Birinchi setda yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan Rahimova ikkinchi setda raqibasiga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, ammo Yovich hal qiluvchi setgacha yetkazmasdan g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Iva Yovich Pekin turnirining 1/8 finaliga yo‘l oldi, Kamilla Rahimova esa musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Turnir g‘olibasi 1 151 380 dollar miqdorida mukofot puli va reyting uchun 1000 ochko qo‘lga kiritadi.

Fikrlar