O'zbekistonlik tennischi katta mukofotli turnirda raqibasini 86 daqiqada taslim qildi
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Polina Kudermetova Xitoyning Ninbo shahrida o‘tayotgan WTA 500 toifasidagi turnirning asosiy bosqichiga yo‘l oldi.
Polina saralash finalida rossiyalik Anastasiya Zaxarovani yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv ikki setda yakunlandi – Kudermetova 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi. Bellashuv 1 soat 26 daqiqa davom etdi.
Polina o‘yin davomida to‘qqiz marta "eys" uzatma yo‘lladi, olti marta ikki karra xatoga yo‘l qo‘ydi va breyk qilish uchun berilgan 12 imkoniyatdan beshtasini ishga sola oldi.
Zaxarova esa ikki marta "eys" amalga oshirdi, yetti marta ikki karra xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘rt breyk imkoniyatidan ikkitasidan foydalandi.
BNB Ningbo Open turnirining asosiy bosqichi 19–25 oktyabr kunlari Xitoyning Ninbo shahridagi xard qoplamali kortlarda o‘tkaziladi. Turnirning mukofot jamg‘armasi jamg‘armasi 1 206 446 dollarni tashkil etadi.

Fikrlar