O'zbekistonlik tennischi mashhur sportchidan qimmatbaho sovg'a oldi

  • 03.10.2026 11:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon reytingida ikkinchi raqam ostida qayd etilgan belaruslik raketka ustasi Arina Sobolenko oʻzbekistonlik sportchi Kamilla Rahimovaga Gucci sumkasini sovgʻa qildi. Bu haqida Rahimova Uimbldondan tayyorlagan vlogi orqali maʼlum qildi. 

Rahimovaning soʻzlariga koʻra, u Arina Sobolenkoning ijtimoiy tarmoqdagi qisqa videolavhasiga javob yozib, uning sumkasini maqtagan va hazil tariqasida huddi shunday sumka sovgʻa qilishini soʻragan. Sobolenko esa ushbu hazilni chindan ham amalga oshirgan.

«Bolalar, bir daqiqa qarab turing, Arina Sobolenko menga nima yuborganini koʻring. Bu qiz juda ham saxovatli. Boshqa qanday aytishni bilmayman. 

Qaranglar, nimaligini oʻzingiz ham koʻrib turibsiz. Men shunchaki uning storisiga javob berib, sumkasi juda zoʻr ekanini yozdim. 

“Qachondir sovgʻa qilasanmi?” deb hazillashdim. Mana, natijasi», — deb hikoya qiladi Rahimova, sovgʻani namoyish etar ekan.

Vlogda keltirilishicha, Arina Sobolenko Gucci sumkasini Rahimovaning shkafida qoldirgan, Kamilla esa uni shu yerdan topgani haqida gapirib bergan.

Yozuvda Rahimova Sobolenkoni «dunyoning birinchi raqamli tennischisi» deb atagan. Aslida esa hozirgi kunda belarus sportchisi WTA reytingida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi, yetakchilik Qozogʻiston nomidan ishtirok etayotgan Elena Ribakina qoʻlida. Kamilla Rahimova esa jahon reytingida 76-pogʻonada joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!