O'zbekistonlik tennischi o'yin paytida o'g'riqlik qurboni bo'ldi
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan tennischi Mariya Timofeeva (WTA reytingida 68-raqam) China Open-2026 musobaqasida noxush holatga duch keldi. Pekinda o‘tayotgan nufuzli turnir paytida sportchining soati o‘g‘irlandi.
Timofeevaning so‘zlariga ko‘ra, u soatini musobaqa mezbonlari ixtiyoridagi kiyinish xonalarida qoldirgan. Keyinchalik aksessuar yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan.
«Bu yil rejalariim orasida WTA 1000 toifasidagi turnirda kiyinish xonalarida soatim o‘g‘rilanishi mutlaqo yo‘q edi. Lekin hozirgi paytga kelib, turli o‘g‘riliklar qurboniga aylanish men uchun go‘yo yarim stavkadagi “hobbi”ga aylanishib qolgandek.
Yana bir saboq oldim: dush qabul qilayotganda hatto 10 daqiqaga bo‘lsa ham tennis sumkangizni shkafdan tashqarida qoldirmang», — deya yozadi sportchi o‘zining instagram sahifasidagi storisida.
U, shuningdek, musobaqadagi mag‘lubiyatdan keyin kunni aynan shunday yakunlashni kutmaganini ta’kidladi: «@chinaopen — kechagi kunni uch setlik mag‘lubiyatdan so‘ng aynan shunday yakunlashni istamagandim».
Eslatib o‘tamiz, 2 oktyabr kuni turnirning ikkinchi bosqichida Timofeeva yaponyalik Naomi Osakaga (WTA reytingida 17-raqam) uch setda mag‘lub bo‘ldi — 6:3, 3:6, 6:3. Uchrashuv ikki soat to‘rt daqiqa davom etdi. Musobaqaning dastlabki bosqichida esa Mariya chexiyalik Darya Vidmanovani (WTA reytingida 88-raqam) 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar