O'zbekistonlik tennischi Pekinda jiddiy raqibga to'qnash keladi
Rossiyalik tennischi Mirra Andreeva (WTAWTA 1000 turnirining uchinchi bosqichidagi raqibasi nomi ma’lum bo‘ldi.
1/8 finalga yo‘llanma uchun Andreeva O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Polina Kudermetova (104-o‘rin) bilan kortga chiqadi.
Kudermetova ikkinchi bosqichda Daniya vakili Klara Tauson (44-o‘rin) ustidan oson bo‘lmagan g‘alabaga erishdi. Qarshi o‘yin ikki soat uch daqiqa davom etdi va 6:4, 4:6, 6:4 hisobida yakunlandi.
Mirra Andreeva ham Pekindagi musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Rossiyalik tennischi ilk uchrashuvda mahalliy sportchi Yuan Yuéga birinchi setni boy bergan bo‘lsa-da, keyingi ikki setda raqibiga birorta geym yutqazmadi — 3:6, 6:0, 6:0.
Shu tariqa, Andreeva va Kudermetova China Open musobaqasining to‘rtinchi bosqichiga chiqish yo‘llanmasi uchun o‘zaro kurash olib borishadi.

Fikrlar