O‘zbekistonlik uch karra jahon chempioni Osiyo o‘yinlarida qatnashmaydi

  • 06.09.2026 00:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli oʻzbekistonlik bokschi Asadxўja Moʻydinxўjaev 2026 yilda boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etmaydi. 

Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiga koʻra, olimpiada chempioni va uch karra jahon chempioni boʻlgan Asadxўja Moʻydinxўjaev faoliyatini professional ringda davom ettiradi.

«Asadxўja Moʻydinxўjaev professional boksdagi ishtirokini davom ettiradi. U 26 sentabr kuni Homestretch turniri doirasida navbatdagi jangini oʻtkazadi. Raqibining nomi yaqin kunlarda eʼlon qilinadi», — deyiladi federatsiya xabarida.

Maʼlumot uchun, Moʻydinxўjaevning hozirgacha professional ringdagi natijasi 2 gʻalaba, shundan 1 tasi nokaut bilan yakunlangan. Havaskorlar oʻrtasida esa Asadxўja uch karra jahon chempioni va olimpiada chempioni sifatida tanilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2026 yildgi Osiyo oʻyinlari 19 sentabrdan 4 oktabrgacha Yaponiya ning Nagoya shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!