O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlari medallar jadvalidagi yakuniy o‘rni aniq bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilda Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) o‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlari umumjamoaviy medallar hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston sportchilari musobaqada jami 70 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ular orasida 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bor.
O‘zbekiston va Hindiston bir xil — 21 tadan oltin medal oldi. Biroq umumiy hisobda to‘rtinchi o‘rin Hindistonga nasib etdi, chunki ushbu terma kumush medallar soni bo‘yicha oldinga chiqdi: hind sportchilari 27 ta, o‘zbekistonliklar esa 25 ta kumush medal jamg‘ardi.
Medallar umumiy hisobida mutlaq g‘oliblikni Xitoy qo‘lga kiritdi — 169 ta oltin, 89 ta kumush va 83 ta bronza medali, jami 341 ta nagrada. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya egalladi — 83 ta oltin, 95 ta kumush va 91 ta bronza (jami 269 ta medal). Uchinchi pog‘onaga esa Janubiy Koreya ko‘tarildi — 39 ta oltin, 43 ta kumush va 68 ta bronza medali (jami 150 ta).
Hindiston va O‘zbekistondan keyin umumiy saralashda Eron, Tailand va Qozog‘iston joylashdi. Qozog‘iston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini sakkizinchi o‘rinda yakunladi: 12 ta oltin, 24 ta kumush va 48 ta bronza medali qo‘lga kiritdi.

Fikrlar