O‘zbekistonning uch nafar eng zo‘r tennischisi Osiyo o‘yinlariga qo‘yilmadi

  • 21.09.2026 21:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasining yetakchi tennischilari – Kamilla Rahimova, Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova Ayti va Nagoyada bo‘lib o‘tayotgan 2026 yildgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etmaydi. 

Ma’lum qilinishicha, Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) haligacha avval Rossiya sharafini himoya qilgan va keyinchalik O‘zbekiston sport fuqaroligini olgan ushbu tennischilarga kompleks musobaqalarda ishtirok etish huquqini bermagan. 

Shu sababdan uchala sportchi ham XX Osiyo o‘yinlari uchun jamoa ro‘yxatiga kiritilmadi.

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini erkaklar bahsida Sergey Fomin, Humoyun Sultonov va Maksim Shin, ayollar musobaqasida esa Darya Shubina hamda Sevil Yo‘ldosheva himoya qiladi. 

2026 yildgi Osiyo o‘yinlari doirasidagi tennis musobaqalari Yaponiyada 27 sentabrdan 3 oktabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!