OAV: MYu 70 million evrolik xaridga tayyorlanmoqda

"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali yozda "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin. Klublarkelishuv shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqida Areanapoli nashriga intervyu chog‘ida jurnalist Fabio Santini aytib o‘tdi.

"Napoli" Kulibalini "Manchester Yunayted"ga 70-75 million evroga sotmoqchi. Klublar kelishib olishgan ko‘rinadi. Transfer iyunda amalga oshirilsa, qishda esa MYu Brunu Fernandeshga e’tiborini qaratsa kerak", - deydi Santini.

28 yoshli senegallik "Napoli"da 2014-yildan buyon to‘p suradi. Uning klub bilan shartnomasi 2022/23 yilda yakuniga etadi. Joriy mavsumda Kulibali 20 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!