Obameyang faoliyatidagi eng katta xatosini aytdi
Gabon terma jamoasi va "Marsel" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Chelsi"dagi faoliyati eng yomoni ekanini aytdi.
"Mening "Chelsi"ga transferim eng katta xatoyim edi, deb o‘ylayman. O‘sha vaqtda "Barselona" meni yoki Depayni sotishi sotishi kerak edi. Faoliyatimni davom ettirishim uchun yagona top klub esa "Chelsi" bo‘ldi. Men London klubiga o‘tishga rozi bo‘ldim. Bu erda hammasi yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Biroq buning aksi bo‘lib chiqdi", - dedi Obameyang.
Hujumchi "aristokratlar" safida bir mavsum harakat qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli forvard joriy mavsumda umumiy 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar