Obameyang London grandi safiga o‘tishga tayyor

  • 19 avgust, 2022, 14:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Chelsi" vakillari "Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyangning agentlari bilan uchrashdi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

33 yoshli gabonlik futbolchi London klubiga o‘tishga rozi va muzokaralar davomida hech qanday muammo yuzaga kelmadi.

Biroq, “ko‘k-anorranglilar” transfer summasi borasida "Barselona" bilan hozircha kelisha olmayapti. Kataloniyaliklar futbolchi uchun 30 million evro talab qilmoqda.

Obameyang 2022 yilning yanvarida erkin agent maqomida "Barselona"ga o‘tdi. O‘tgan mavsum hujumchi kataloniyaliklar tarkibida 24 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 13 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!