Obameyang yanvarda "Arsenal"dan ketishi mumkin

  • 22 dekabr, 2021, 18:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

ESPN xabariga ko‘ra, "kanonirlar" qishki transferlar oynasida hujumchini sotishga tayyor. Bundan avvalroq, gabonlik futbolchi tartibni buzgani uchun sardorlik bog‘ichidan mahrum bo‘lgan edi.

Manbaga ko‘ra, Obameyang va "Arsenal" o‘rtasidagi munosabatlardagi vaziyat hali ham normallashishi mumkin, biroq taklif tushsa, klub buni ko‘rib chiqadi.

Per-Emerik Obameyang joriy mavsumda premer-ligada jami 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!