OChL 2. Maksim Shatskix: "Muxlislarni "Bobur arena"da kutamiz, ularni qo‘llab-quvvatlashi bizga kerak"

  • 21.10.2025 21:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ertaga “Andijon” OChL 2 doirasida Bahrayning “Al-Xaldiya” jamoasini qabul qiladi.

Bugun “Bobur arena”da stadionida uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar ustozi Maksim Shatskix va himoyachi Shaxzod Azmiddinov ishtirok etdilar.

Maksim Shatskix: “Xayrli kech. Ertangi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, shuni ayta olamanki, biz ertangi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibni tahlil qilganimizda bu jamoani guruhimizdagi jamoalar ichida, o‘tgan safargi raqibimiz - Qatar klubidan kuchliroq deb ayta olaman. O‘yin tashkil etish jihatidan ham yaxshi jamoa. Jismonan baquvvat futbolchilariga ega va tezkor jamoa. Umid qilamanki, ertaga biz o‘zimizga kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritamiz. Raqibni uslubi va kuchidan kelib chiqib uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik. Umid qilaman, ertaga muxlislarimiz oldida yaxshi natija ko‘rsatamiz”.

Shaxzod Azmiddinov: “Assalomu alaykum. Jamoamizda kayfiyat zo‘r. O‘yinga keladigan bo‘lsak, guruhimizdagi eng qiyin uchrashuvlardan biri bo‘ladi. Qo‘ldan kelganicha harakat qilib, “Bobur arena”da uch ochkoni qo‘lga kiritishga intilamiz. Murabbiylar shtabi bilan kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘rganib chiqdik. Hamma muxlislarni kutib qolamiz va uch ochko “Bobur arena”da qoladi, degan umiddaman.

- Oxirgi uchrashuvlarda himoyada muammolar borligi ko‘rinyapti. “Sho‘rtan”ni mag‘lub etgan bo‘lsa ham darvozasidan gollar o‘tkazib yubordi. Qisqa davr ichida himoyadagi muammolarni yo‘qotishga harakat qilindimi?

Maksim Shatskix: - Har bir mashg‘ulotda aynan shu chiziqqa e’tibor beramiz. Xato qilmaslikka harakat qilamiz. Oldingi uchrashuvdagi xatolar taktik xato emas, balki texnik xato edi. Barchamiz insonmiz va barchamizda shunaqa xatolar bo‘ladi. Mashg‘ulotlar davomida shuning ustida ishladik. O‘ylaymanki, ertaga oldingi o‘yinda qilgan xatolarimizni qilmaymiz.

- Ismoil Akinade qanday holatda? Balki u ertaga maydonga tushar.

Maksim Shatskix: - Har kuni maydonga qaytish uchun mashg‘ulotlarda ter to‘kib ishlamoqda. Ertaga u asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki zaxiradami, ayta olmayman. Qolaversa, ertangi uchrashuvda “Bobur arena”ga ko‘plab muxlislarimiz kelishlarini kutamiz. Chunki ularning qo‘llab-quvvatlashlari bizga kerak.

- “Al-Xaldiya” o‘tgan turda g‘alaba qozondi va raqib o‘rganib chiqilganini aytdingiz. Siz uchun raqib safidagi qaysi biri xavfli futbolchi sifatida ko‘rinyapti?

Shaxzod Azmiddinov: - Ularni ko‘rib chiqdik. Hamma o‘yinchilari kuchli. Oldingi chiziqdagi 99-raqamli o‘yinchisi baquvvat va tezkor ekan. O‘sha futbolchini “ushlash”ga harakat qilamiz. 19-raqamli futbolchisi ham yaxshi ekan. Paslari zo‘r. Xudo xohlasa, biz tayyormiz, nolga “ushlash”ga harakat qilamiz. Xudoga shukr, hali Osiyo Chempionlar ligasida to‘p o‘tkazib yubormadik. Oxirigacha shu tempda ketishda davom etamiz.

- “Sho‘rtan” bilan uchrashuvda yigitlarda ruhiy yoki asabiy charchoq bo‘ldimi? Jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishinglar mumkin. Lekin ertagalik o‘yinda futbolchilarni ruhiy holati qanaqa?

Shaxzod Azmiddinov: - Har tomonlama tayyormiz. OChLni o‘z nomi bor. Hamma bunga boshqacha “nastroy” bilan tushadi. Xudo xohlasa, hamma tayyor. Uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!