
OChL. OKMK – “As Sib” o‘yini translyatsiya qilinadimi?
SPORTS.uz sayti jurnalisti – Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning telegram kanalida ma’lum qilishicha, OKMK – “As Sib” bahsi SPORT TV kanali tomonidan jonli olib berilishi ehtimoli yuqori.
"Katta ehtimol OKMK – “As Sib” bahsni SPORT TV olib beradigan bo‘lyapti.
UzReport saralash o‘yinlarida avvalgi mavsumda ham transliyatsiyalarni amalga oshirmagan. Qo‘shimchasiga, bu uning majburiyatiga kirmaydi. SPORT TV 2024-yilga qadar OChL huquqi boshqa telekanalda bo‘lgani bois o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmagani tabiiy.
Alisher Nikimbaev yozganidek, klubning o‘zi tashabbus ko‘rsatishi kerak bo‘lgan vaziyat bu. OKMK barchasi ijobiy yakunlanishi uchun harakatni boshlagan. Yaqin soatlar ichida rasman e’lon ham qilinsa kerak. Kuzatamiz."
Eslatib o‘tamiz, bahs bugun soat 20:00 da start oladi!
Fikrlar