
Odil Ahmedov bugun gol urishi kerak!
Xitoy chempionatining sakkizinchi turida “V” guruhida peshqadamlik qilayotgan “Shanxay SIPG” musobaqa autsayderi “Tyanztsin Teda” bilan kuch sinashadi.
Odil Ahmedov, Xalk, Oskar va Arnautovich etakchiligidagi shanxayliklar joriy chempionatda mag‘lubiyatga uchratmagan yagona jamoa sifatida 17 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. “Shanxay SIPG” ettita uchrashuvdan beshtasida zafar quchgan, ikki marotaba durang o‘ynagan. Odil Ahmedov barcha o‘yinda maydonga tushgan ettita futbolchidan biri hisoblanadi.
“Tyanztsin Teda” esa Xitoy chempionatini muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda. Bu jamoa ettita uchrashuvda atigi bir marta durang o‘ynadi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadigan uchrashuvda Odil Ahmedov jamoasining imkoniyati yuqori baholanmoqda.
Fikrlar