Odil Hamrobekov: "Finalda stadion to‘lsa kerak deb o‘ylayman"

  • 26 mart, 2022, 21:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Namangan shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun O‘FA matbuot xizmati jamoamiz yarim himoyachisi Odil Hamrobekov bilan kichik intervyu uyushtirdi:

Tecno

"Yarim final uchrashuvida ikkita turli xil bo‘lim guvohiga aylandi. Birinchi taymda o‘tkazib yuborilgan tezkor gol bizni ozgina shoshirib qo‘ydi. Ikkinchi 45 daqiqalikda yigitlar bilan hamjihatlikda harakat qilib, vaziyatdan o‘nglashga muvaffaq bo‘ldik. 

Ko‘rib turganingizdek, avlodlar almashinuvi bo‘lgani uchun terma jamoaga asosan yoshlar taklif etilmoqda. Bir-birimizni to‘liq tushunib, bir mexanizdek harakat qilishimiz uchun biroz vaqt talab etiladi. 

Rasmiy uchrashuvlar boshlangunga qadar o‘z o‘yinimizni yanada yaxshiroq shakllantirish ustida ish olib bormoqdamiz. Finalda bizni Uganda terma jamoasi kutib turibdi. Menimcha, hal qiluvchi bellashuvda muhit ostida kechadi degan umiddaman. Stadion to‘lsa kerak deb o‘ylayman. Chiroyli futbol ko‘rsatib, xalqni xursand qilishni maqsad qilganmiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!