Odiljon Aslanov: "Raqibim kuchli ekanligini bilardim"

  • 06.01.2021 18:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

2-8 yanvar kunlari Rossiyaning Sochi shahri boks bo‘yicha "Liga stavok" turniriga mezbonlik qilishi haqida xabar bergandik. Mazkur turnir jamoaviy tarzda o‘tkaziladigan bo‘lib, Rossiyaning mashhur bokschilari o‘zlarining jamoasini tuzgan va ular bir-biriga qarshi g‘oliblik uchun bahs olib boradilar. Ahamiyatli jihati ushbu turnirda Murat Gassiev jamoasi tarkibidan ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi 75 kgda Odiljon Aslanov hamda 59 kg vaznda Shukurjon Rahimov ham o‘rin olgan bo‘lib, kecha ular Dimitriy Bivol jamoasidagi raqiblariga qarshi jang qilib, g‘alabaga erishgandi. Ayniqsa, Odiljon Aslanov mahoratli Andrey Efremenko bilan shiddatli bahs olib bordi.

Biz Odijon Aslanovning ushbu jang va umuman turnir haqidagi taassurotlari bilan qiziqdik.

- Jang juda qiyin bo‘ldi. Shukrki, g‘alabaga erishdim. Raqibimni kuchli ekanligini bilardim. Chunki uning erishayotgan natijalari ham buni aytib turgandi. Turnir ajoyib tarzda o‘tayapti. Keyingi raqibim kim bo‘lishiga endi, aniqlik kiritiladi. Boshqa jamoalar ham o‘zaro bellashganidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Albatta, bizga ishonch bildirganlarni uyaltirib qo‘ymaslikka, yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!