Odion Igalo Manchesterda karantinda saqlanmoqda
"Manchester Yunayted"ning yangi forvardi Odion Igalo "qizil iblislar" ixtiyoriga kelib qo‘shilgani yo‘q, deya xabar bermoqda The Mirror nashri.
Manba ta’kidlashicha, nigeriyalik futbolchi Xitoydagi koronavirus sabab umumiy ikki xafta muddat davomida inkubatsiya jarayonini o‘tashi rejalashtirilgan, shundan so‘nggina u klub bilan umumiy guruhda mashg‘ulotlarda ishtirokini boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar qishgi transfer oynasining so‘nggi kunida Igaloni Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubidan mavsum so‘nggigacha ijaraga olgan edi.
Fikrlar