O‘FA Kannavaro bilan muzokaralar o‘tkazilayotgani haqida rasmiy ma’lumot berdi

  • 4 oktabr, 12:07
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bir necha kundan buyon Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi murabbiyi bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga esa O‘FA munosabat bildirib, barcha ma’lumotlarni berdi.

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblansa, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir. 
 
 O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bu borada barcha yo‘nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, xalqaro tajribaga ega va Jahon chempionatida ishtirok etgan mutaxassislarni terma jamoaga taklif etish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom etmoqda. Xususan, O‘FA rahbariyati bu borada yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlaridan biri, Jahon chempionati g‘olibi, 2006 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda. 
 
 Muzokaralar bo‘yicha batafsil va rasmiy xabarlar O‘FA sahifalarida e’lon qilinadi. OAV vakillaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy va asossiz xabarlarga tayanmasliklarini so‘raymiz", - deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiya.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
04/10/2025 14:36
Каннаваро каерда мутахасис сифатида танилган футболист сифатида танилган лекин хамма ВАКТ хам яхши футболчидан яхши мураббий чикмайди футбол уйнамай туриб яхши мураббий БУЛИШ МУМКИН масалан Аргентина жахон чемпионат КИЛГАН Луис Сезар Минотти уктувчи булган Каннаваро Билан хатто гурухдан хам чика олмаймиз бу дебют кийинги сафар албатта чикамиз дейишади лекин кейинги сафар булмайди .