O‘FA prezidenti Katanets boshchiligidagi MTJ futbolchilari bilan uchrashdi

  • 3 iyun, 2022, 07:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

8-14 iyun kunlari Namangan shahrida 2023 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqich bellashuvlari o‘tkaziladi. Bugun Toshkentdagi yig‘in yakunida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi.

Tecno

Rasmiy o‘yinlar oldidan Abdusalom Abdumavlonovich milliy jamoa oldida turgan keyingi musobaqalar mas’uliyati, muxlislarni chiroyli g‘alabalar bilan xursand qilish muhimligini aytib o‘tdi. Srechko Katanets jamoani rasmiy o‘yinlarga etarlicha tayyorlab, endi natija qayd etish vaqti kelgani ta’kidlandi.

Futbolimiz rahbari shuningdek, futbolchi va murabbiylar bilan o‘tgan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi ma’lum qilindi. O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Srechko Katanets shu vaqt ichida terma jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik o‘tagani va raqiblarga qarshi maksimal e’tibor bilan o‘ynab natijaga erishish mumkinligini aytib o‘tdi. Qisqa muddat ichida uchta o‘yinda ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holatini yuqori darajada ushlash uchun tibbiy shtabga ham kerakli ko‘rsatmalar berildi.

O‘FA matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!