O‘FA vakillari “Sho‘rtan” futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

  • 20.05.2025 13:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bugun “Sho‘rtan” futbol akademiyasiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi texnik direktori Gi Kiala, yoshlar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bahrom Umarov, O‘zbekiston U-13 terma jamoasi murabbiyi Lars Xopp tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Qashqadaryo viloyatida bolalar futboli infratuzilmasi holatini o‘rganish va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Dastlab, O‘FA vakillari “Sho‘rtan” PFK futbol akademiyasi sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Delegatsiya “Sho‘rtan” futbol akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar, asosiy baza, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, O‘FA vakillari va Lars Xopp ishtirokida 2011 yilda tug‘ilgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan futbol bahslarini kuzatishdi.

Tashrif yakunida mehmonlarga "Sho‘rtan" PFC  Bosh menejeri Shamil Yarulin Samigulovich  tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!