O‘FA: Xalqaro turnirda Nigeriya, Zambiya va Ekvator Gvineyasi bilan o‘ynaymiz

  • 1 fevral, 2021, 16:49
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etiladigan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

15-24 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston vakillari Ekvator Gvineyasi, Nigeriya hamda Zambiya ayollar terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar jamoamiz 8-14 fevral kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi va 15 yanvar kuni Antalya shahriga yo‘l oladi.

Ma’lumot o‘rnida, nigeriyaliklar ayollar futboli bo‘yicha jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi hisoblanadi. Zambiya ayollar terma jamoasi esa 2021 yilgi Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Afrika qit’asining yagona jamoasidir.

“Festival Women’s Trophy 2021”
Antalya, Turkiya

17 fevral
O‘zbekiston – Ekvator Gvineyasi

20 fevral
O‘zbekiston – Nigeriya

23 fevral
O‘zbekiston – Zambiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!