O‘FAning navbatdan tashqari konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferentsiya poytaxtimizdagi “Radisson BLU” mehmonxonasida o‘tkaziladi va soat 15:00da boshlanadi. Kun tartibidan 2018 yil 25 yanvarda bo‘lib o‘tgan Konferentsiya bayonnomasini tasdiqlash, moliyaviy hisobotni tasdiqlash, (mustaqil auditor hisoboti), O‘FA ustaviga qo‘shimchalarni kiritish va ustavni yangi tahrirda tasdiqlash va O‘FA prezidenti, vitse-prezidenti va Ijroiya qo‘mitasi a’zolarini saylash o‘rin olgan.

Konferentsiyada FIFA, OFK vakillari, shuningdek Superliga va Pro-liga jamoalari rahbarlari, futbol jamoatchiligi va OAV xodimlari ishtirok etishmoqda.

15:40 Shuning bilan O‘FAning navbatdan tashqari konferentsiyasi yakuniga etdi.

15:30 Abdusalom Azizov O‘FA Prezidenti etib saylandi, delegatlarning barchasi bir ovozdan Abdusalom Abdumavlonovich nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi

15:25 Ilgari surilgan nomzod haqida o‘zbek futboli fahriysi Ahrol Inoyatov o‘z fikrlarini bildirib, yangi rahbariyatga boshlanajak faoliyatida omad tiladi

15:24 O‘FA prezidentligi uchun Abdusalom Azizov Abdumavlonovich nomzodi ilgari surilmoqda

15:23 O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi – Vitse-prezidenti lavozimiga – Jo‘raev Muhiddin O‘tkirovich saylandi

15:21 Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti etib, Ravshan Ermatov delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi

15:19 O‘FA ustavining yangi tahriri ham delegatlar tomonidan tasdiqlandi

15:17 Mustaqil auditorlarning moliyaviy hisoboti bir ovozdan tasdiqlandi

15:15 2018 yilning 25 yanvar sanasida bo‘lib o‘tgan konferentsiya bayonnomasi bir ovozdan tasdiqlandi

15:14 Bugungi konferentsiyani Avaz Maksumov olib bormoqda

15:12 Shavkat Imomov O‘FA texnik diretori, G‘ayrat Xidoyatov monitoring inspektori etib saylanishdi

15:10 Bugungi konferentsiyada 77 delegatning 68 tasi ishtirok etishmoqda. 9 nafar delegat esa uzrli sabablarga ko‘ra kela olishmagan

15:05 Marosim boshlandi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davron Jenjayev
15/07/2019 15:53
Xuddi boshqa nomzod borde gapirasiala