
OFK kubogi. "So‘g‘diyona" "Xo‘jand"ga qarshi tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi 17 avgust kuni OFK kubogi Markaziy mintaqa final uchrashuvida ishtirok etadi. Vakillarimizga bu bahsda Tojikistonning "Xo‘jand" klubi raqiblik qiladi.
Uchrashuv soat 15:30 da Tojikistonda bo‘lib o‘tadi. Bellashuvga "Mustaqillikning 20 yilligi" stadioni mezbonlik qiladi.
"Bo‘rilar" bugun tayyorgarlikni davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar