OFK kubogi. "So‘g‘diyona"ga keyingi bosqichda Tojikiston klubi raqiblik qiladi!

  • 30 iyun, 2022, 21:34
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"So‘g‘diyona" jamoasi OFK kubogi guruh bosqichida 9 ochko to‘plab, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. 

Navbatdagi bosqichda jizzaxliklarga Tojikistonning "Xo‘jand" klubi raqiblik qiladi. Mazkur bahs avgust oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Xo‘jand" jamoasi 3 klub joy olgan "F" guruhida 4 ochko to‘plab, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!