OFK OChL va OFK kubogi o‘rnida paydo bo‘ladigan yangi musobaqalarining logotiplarini e’lon qildi (foto)

  • 17 may, 2024, 10:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan yangi 2024/2025 yilgi mavsum oldidan klublar miqyosida 3 ta yangi musobaqa tashkil etilganidan xabaringiz bor. Konfederatsiya vakillari kuni kecha mazkur turnirlarning yangi logotiplarini ommaga namoyish qildi.

Quyidagi rasm orqali logotiplar bilan tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha OFK klublar o‘rtasida Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi kabi musobaqalarni o‘tkazib kelayotgandi. Endilikda muxlislar Oliy chempionlar ligasi, Ikkinchi chempionlar ligasi va Chellenj ligasi kabi turnirlarga guvoh bo‘lishadi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida ham chempionlar ligasi yangicha formatda davom ettiriladi. 

Qo‘shimcha sifatida shuni aytish lozim, Oliy chempionlar ligasida 24 ta, Ikkinchi chempionlar ligasida 32 ta hamda Chellenj ligasida 20 ta klub g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Qolaversa, ayollar o‘rtasidagi chempionlar ligasida 12 jamoa ishtirok etishi qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!