
OFK prezidenti O‘zbekiston U17 terma jamoasining Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O‘zbekiston U17 terma jamoasining Osiyo kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgani munosabati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov nomiga tabrik yo‘lladi.
"Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritganingiz bilan Sizni va O‘zbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman.
O‘zbekistonning musobaqa davomida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari yurtingizda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish yo‘lida amalga oshirilgan mehnat va sa’y-harakatlaridan dalolatdir.
Islom Ismoilov va butun jamoaga turnir davomida namoyish etgan yorqin o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman va FIFA U-17 Jahon chempionatida ham muvaffaqiyat tilayman!
O‘zbekiston futbol jamoatchiligiga esa kelgusi faoliyatida zafarlar tilayman”, deyiladi OFK prezidentining tabrigida.
Fikrlar