Og‘ir atletika bo‘yicha chempionat yakunlari: Eng yaxshi sportchilar hamda jamoalar taqdirlandi

Yoshlar va kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati yakunlariga koʻra, musobaqa davomida yuqori natijalar qayd etgan sportchilar va jamoalar bir qator nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.

Jumladan, yoshlar oʻrtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi deya Bekzod Gʻofirjanov eʼtirof etildi. Qizlar oʻrtasida esa ushbu sharafli nomga Ziyoda Xudoyqulova sazovor boʻldi.

Kattalar bahslarida erkaklar oʻrtasida eng yaxshi sportchi sifatida Sharofiddin Amriddinov tan olindi. Ayollar oʻrtasida esa Abdullaeva Shahlo musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Shuningdek, chempionat yakunlariga koʻra viloyatlar kesimida ham eng yaxshi natijalarni qayd etgan jamoalar aniqlanib, munosib ragʻbatlantirildi.

Xususan, jamoaviy hisob natijalariga koʻra, umumjamoa hisobida Xorazm viloyati terma jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, kattalar oʻrtasida 15 ta medal (5 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza), yoshlar oʻrtasida esa 13 ta medal (4 ta oltin, 4 ta kumush hamda 3 ta bronza) jamgʻarib, birinchi oʻrinni egalladi hamda musobaqaning mutlaq gʻolibi sifatida eʼtirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!